“Reynjers” bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
26 okt 2017 22:58
Yangiliklar
“Reynjers” bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
SHotlandiyaning nomdor va sovrindor klublaridan biri “Glazgo Reynjers” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Kayshinyani istefoga chiqardi.
Portugaliyalik bu mutaxassisning istefosi haqidagi xabarlar anchadan beri gap-so'z bo'lib yurgandi. Jamoaning SHotlandiya kubogidagi chiqib ketishi rahbariyatning yakuniy qarorni chiqarishiga sabab bo'ldi.
Glazgoliklar yarim final uchrashuvida “Mazeruell”
jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Kayshinya shu yilning mart oyida “Reynjers”
bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Jamoa o'shandan beri o'tkazilgan 26 ta o'yindan
14 tasidagiga g'alaba qozona oldi.
46 yoshli portugaliyalik mutaxassisning yordamchilari Pedru Malta va Joze Belman ham jamoani tark etishdi. SHotlandiya chempionatining o'ninchi turidan so'ng “Reynjers” 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Seltik”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar