Reshford "Barsa"da o'ynash uchun maoshini qisqartirishga ham tayyor
18 iyu 2025 21:14
Yangiliklar
Reshford "Barsa"da o'ynash uchun maoshini qisqartirishga ham tayyor
Markus Reshford "Barselona"da o'ynash uchun maoshini kamaytirishi mumkinligini bildirdi.
Marca nashrining xabar berishicha, "MYU" hujumchisi La Ligada, xususan "blaugrana" safida o'ynashni istaydi va atrofidagilarga allaqachon "Barselona"ni karerasini davom ettirish uchun eng maqul variant deb bilishini aytgan. Kataloniya klubiga o'tish uchun Reshford yon berishga, jumladan, maoshini qisqartirishga ham rozi.
Takidlanishicha, hozirgi vaqtda Reshford "Barselona"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor variant emas - kataloniyaliklar Luis Dias va Niko Uilyams nomzodlarini afzal ko'rmoqda. Shunday bo'lsa-da, "Manchester Yunayted" hujumchisi "Barsa"ga o'tishi mumkinligiga ishonmoqda. Bunga uning klubda o'ynash istagi va "ko'k-anorranglilar" ustuvor deb bilayotgan futbolchilarga nisbatan arzonroq transfer narxi sabab bo'lishi mumkin.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini 27 yoshli hujumchi "Aston Villa"da ijarada o'tkazdi. U APLdagi 25 ta o'yinda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar