So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

Reglament masalasi: Beg'amov Xoliqovga javob berdi Yangiliklar

Reglament masalasi: Beg'amov Xoliqovga javob berdi

Xayrulla Xoliqov yaqindagina yozgan "Yangi PFL eski xatolarni tozalashni boshladi: Endi navbat mantiqsiz va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirayotgan reglamentga!(mi?)" nomli maqolamga javob tariqasida mavsumni reglamentni buzmagan holda yakunlashni taklif qilganlar.

Umuman olib qaralsa, to'g'ri. Mantiqan reglamentdagi bandlarni buzish xunuk holat. Umuman mumkin emas! Lekin oxirgi 3 mavsumdan buyon reglamentni astari chiqib ketganida Xoliqov nega bu qadar jon kuydirmagandilar? Yani, aytmoqchi bo'lganim, oxirgi uch mavsumdan buyon reglament oddiy qog'ozdek yirtib tashlangan payt bilan hozirgi o'zgartirish kiritilishi taklif etilayotgan holatlar umuman boshqa-boshqa.

SHahboz Beg'amov maqolasi: Yangi PFL eski xatolarni tozalashni boshladi: Endi navbat mantiqsiz va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirayotgan reglamentga!(mi?) 

Xayrulla Xoliqovning javobi: Nima bo'lganda ham bu yil reglamentga tegilmasligi kerak 

Birinchidan, yosh futbolchini kamida 45 daqiqa o'ynatish majburiyati bajarilmasa reglamentda alohida chora sifatida hech narsa qayd etilmagan.

Faqatgina reglamentning boshqa bandida, yani umumiy majburiyatlar bajarilmasa jarima solinishi mumkinligi qayd etilgan xolos. Keyin, reglamentdagi mazkur holatni o'zgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda bu sport principlariga to'g'ridan-to'g'ri tasir etmaydi.

Buni jamoalarning holati, turnir jadvali yoki taqdiriga hech qanday aloqasi yo'q. Aksincha, murabbiylarga erkinlik taqdim etadi. Bugun rasman bekor qilingan dress-kod ham yangi mavsum reglamentiga adashib kirib qolgandi.Bunisi ham shunchaki bekor qilinsa zarari yo'q. Muhimi, bu narsa futbol uchun xizmat qilsin. Hech qaerda yo'q narsalardan foydalanmasdan kerakli ishlarni amalga oshirgan maqul. Yangi velosiped ixtiro qilishning keragi yo'q. Ayniqsa futbolda. 

SHuningdek, Xoliqovning mazkur reglamentdagi yaxshi taraf, yani yosh futbolchilarga imkon kelajakda meva berishini takidlayotganlarga, istalgan jamoada sog'lom raqobat orqali ham o'sib kelayotgan yoshlar bisyor. Bu tabiiy jarayon. 

Hozirgi chempionatdagi asosiy tarkibdan muqim joy olgan va jamoaning etakchisiga aylangan Alijonov, G'aniev, O'runov yoki shunga o'xshash hokazo futbolchilar aynan bu band yo'q paytda, yani sog'lom raqobatda pishib chiqqan istedodlar. Kurashni, raqobatni suniylashtirishdan naf chiqmaydi. Aksincha, bu jihat futbolchilarni nomiga maydonga tushirilishiga olib kelmoqda. Yoshlar nomiga o'ynab, potencial terma jamoaga nomzod bo'lgan boshqa yoshdagi futbolchilar esa o'yin amaliyotisiz qolib ketish ehtimolini ham unutmang!

Xoliqovning mazkur javob maqolasidagi faqatgina birgina fikri, yani bu masalani murabbiylar ishtirokida hal etish degan taklifiga qo'shilaman. 

SHahboz Beg'amov 

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика