Rebich: "Messidan libosini olish fikridan qaytdim"
23 iyu 2018 21:14
Yangiliklar
Rebich: "Messidan libosini olish fikridan qaytdim"
Xorvatiya termasi hujumchisi Ante Rebich Argentina termasining o'yini haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, do'stim uchun Messidan libosini so'ramoqchi edim. Biroq o'yin tugaganidan keyin argentinaliklarning holati juda yomon edi. SHu boisdan Messidan libosini so'rash fikridan qaytdim.
Ulardan ko'prog'ini kutgandim. Terma tarkibida APLda qatnashadigan futbolchilar ham ritmga dosh bera olishmadi. To'rtinchi daqiqadayoq Manjukich Otamendini ortda qoldirib ketdi.
Argentina futbolchilarining o'zini tutishi menga yoqmadi. Ular feyr-pleyda ham bizga provokaciya o'tkazishdi. Sportchilar mag'lubiyatni ham ko'tara olishi kerak", - dedi Rebich.
Fikrlar