"Real" yozda Trentni arzonroqqa sotib olishga urinib ko'radi
22 mar 2024 22:44
Yangiliklar
"Real" yozda Trentni arzonroqqa sotib olishga urinib ko'radi
"Real Madrid" yozda "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olmoqchi. Buning uchun, ingliz klubi futbolchi uchun kamroq pul talab qilishi kerak bo'ladi. Agarda yozda "Real" Trentni qo'lga kirita olmasa, 2025 yilda uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oladi.
Umuman olganda, "Real Madrid" Trent Aleksand-Arnoldni anchadan beri kuzatmoqda. Madrid klubi "Liverpul" Trentni saqlab qolish uchun barcha ishni qilishga tayyor ekanini biladi. Himoyachining shartnomasi 2025 yilgacha ekanligidan kelib chiqilsa, "Liverpul" uni shu yilning yozida sotishi yoki 2025 yilda erkin agent sifatida qo'yib yuborishi kerak bo'ladi.
Malumot uchun, Aleksander-Arnold ushbu mavsum "Liverpul" tarkibida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar