"Real" Xoseluni "Espanol"dan xarid qilib, darhol sotadi
26 iyu 2024 00:41
Yangiliklar
"Real" Xoseluni "Espanol"dan xarid qilib, darhol sotadi
Madridning “Real” klubi Qatar chempionatiga yo'l olishi oldidan Xoselu “Espanol”dan sotib oladi.
"Real"da ijara asosida o'ynayotgan Xoselu Qatar chempionatidan "Al Garafa"ga o'tishga yaqin ekani avvalroq xabar qilingandi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Real Madrid" forvardni Qatar klubiga o'tishini osonlashtirish uchun uni sotib olish variantini faollashtiradi. "Espanol" Xoselu uchun 1,5 million evro oladi.
Malum qilinishicha, Xoselu "Al Garafa"da mavsumiga 8 million evro maosh oladi, bu uning "Real"dagi maoshidan ancha ko'p.
O'tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi "Real" safida 49 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, klub bilan Superkubogi va Ispaniya chempionati hamda CHempionlar ligasida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
00:32
Akmal Mozgovoy: "Bir kishi kam bo'lsakda oxirigacha turdik, penaltilar seriyasida omadimiz keldi" 4
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar