"Real" Vinisius Juniorning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
02 mar 18:06
Yangiliklar
"Real" Vinisius Juniorning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
Vinisius Junior Madridning "Real"ida almashtirib bo'lmas futbolchiga aylandi.
Braziliyalik ketma-ket 5 o'yinda gol urib, jamoaning asosiy figurasi ekanini yana bir bor isbotladi va maydonda hal qiluvchi tasirga ega ekanini tasdiqladi.
"Diario AS" malumotlariga ko'ra, klub va o'yinchi agenti o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish deyarli yakunlangandek ko'rinyapti. Alvaro Arbeloa birinchi kundanoq Vinisiusga ishonch bag'ishlab, unga sezilarli tasir ko'rsatgan.
Shuningdek, bu mavsumda ko'p bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan braziliyalik allaqachon 13 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. U o'tgan yilgi yorqin ko'rsatkichlariga (22 ta gol va 19 ta assist) yaqinlashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar