"Real" va "Man Siti" 4-bor ECHL pley-offida to'qnash keladi
31 jan 17:31
Yangiliklar
"Real" va "Man Siti" 4-bor ECHL pley-offida to'qnash keladi
Hozircha hisob – 2:2
"Real" va "Manchester Siti" CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida ro'baro keladigan bo'ldi.
Bu safar jamoalar 1/8 final yo'llanmasi uchun bellashadi. G'olib nomi ikki o'yin natijasiga ko'ra aniqlanadi.
Klublar qatorasiga 4-bor CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida va oxirgi 6 mavsumda 5-bor bir-biriga duch keladi.
2020 yil "Manchester Siti" "Real"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra (4:2) ECHL 1/8 finalida mag'lub etgandi.
2022 yil ushbu klublar yarim finalda bellashgan va "Real" "Manchester Siti"ni taslim qilgan (ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:5).
Keyingi yil, 2023 yilda jamoalar yana final yo'llanmasi uchun kurashishiga to'g'ri keldi – omad "Manchester Siti"ga kulib boqdi (5:1).
2024 yilda esa "Real" "Manchester Siti"ni chorak finalda penaltilar seriyasida engdi (3:3 – birinchi o'yin, 1:1 – ikkinchi bahs, penaltilar seriyasida 5:4).
Qiziq, bu safar natija qanday bo'larkin?

"Al Hilol" "Real"ga 30 million evro taklif qilgan. Qizig'i, Vinisius uchun emas
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar