"Real" "Santyago Bernabeu" stadioni nomini o'zgartirishi mumkin
08 okt 21:01
Yangiliklar
"Real" "Santyago Bernabeu" stadioni nomini o'zgartirishi mumkin
Madridning "Real" jamoasi "Santyago Bernabeu" stadioni nomini o'zgartirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashrida xabar berildi. Nashr malumotlariga ko'ra, sport inshootining nomi "Bernabeu"ga qisqartirilishi mumkin. Bunda afsonaviy futbolchi, murabbiy va Ispaniya jamoasi prezidenti bo'lgan Santyago Bernabeuga tegishli qism olib tashlanadi. Bunday qadam stadion nomini yodda saqlashni osonlashtiradi, bu esa muxlislar sonining ko'payishiga va brend moliyaviy rivojlanishiga olib keladi. Biroq, klub azolari va muxlislarning bir qismi bunday qisqartirishga qarshi chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilda "oq kiyimlilar" stadionining qayta qurish ishlari boshlangan bo'lib, bunga 1,3 milliard evrodan ortiq mablag' sarflangan. Yangilangan stadion 85 454 tomoshabinni sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar