"Real" Rodri yoki Enco Fernandesni sotib oladi, agar...
07 noy 2024 18:22
Yangiliklar
"Real" Rodri yoki Enco Fernandesni sotib oladi, agar...
Bu amalga oshishi uchun "Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini sotishi talab qilinadi.
Franciyalik futbolchi Madridda og'ir davrni boshdan o'tkazmoqda.
Klubdagilarning futbolchiga munosabati o'zgargan, ishonchi yo'qolgan va faqatgina Karlo Anchelotti yarim himoyachini qo'llab-quvvatlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq bugungi kunga kelib, Anchelottining ham "Real"dagi kelajagi xavf ostida qolmoqda.
Bugungi kunga kelib, "qirollik klubi" Tchuameni bo'yicha munosib taklif tushsa, uni sotib yuborishga qarshi emas.
Franciyalik futbolchining sotilishi, "Real"ga Rodrini sotib olish eshiklarini ochadi. Alternativ variant sifatida madridliklar argentinalik Enco Fernandesni ko'rishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar