ECHL. “Real” irodali g'alabaga erishdi, Ronaldudan dubl
15 fev 2018 02:40
Yangiliklar
ECHL. “Real” irodali g'alabaga erishdi, Ronaldudan dubl
“Real Madrid” — PSJ 3:1
Gollar: 0:1 – 33 Rabo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.
“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 68).
PSJ: Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Lo CHelso (Draksler, 84), Rabo, Neymar, Mbappe, Kavani (Mene, 66).
Ogohlantirishlar: Neymar (14), Lo CHelso (25), Isko (32), Rabo (64), Nacho (78), Mene (90).
Real Madrid Cristiano Ronaldo - 45', Cristiano Ronaldo - 83', Marcelo - 86' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2018, 23:45 1
:
3
Tugadi
|
Paris Saint-Germain Adrien Rabiot - 33' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78158 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari! Barchangizni ulkan futbol oqshomi bilan birgalikda ulug' shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!
Ekran qarshisiga yaxshilab o'rnashib oling! Zero, bugun sizni daxshatli o'yin kutayotganiga shubhamiz yo'q. Telefoningiz brauzerida esa CA yoniq tursa, aslo xato qilmagan bo'lasiz, ishonavering!
“Real Madrid” — PSJ o'yinining muhim holatlarini matnli translyaciyamizda ham kuzatib borishni taklif qilamiz!
Kuchli jamoaga omad tilab qolamiz!
Krishtianu Ronalduning xitoylik muxlisi
1. Demak boshladik, o'yinga start berildi.
“Real” kuchli pressing bilan o'yinni boshladi
3-daqiqa. Ronaldudan zarbaa, biroz noaniq ketdi
5-daqiqa. Marselo ajoyib tarzda PSJ jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo himoyachilar hushyor
5-daqiqa. Kroosdan zarba, qaytarildi
7-daqiqa. PSJdan ilk hujum va ilk zarba, biroz noaniq ketdi
9-daqiqa. Marselo va Dani Alvesh to'qnashib ketdi. Marselo jarohat olib maydonda yotibdi
Marseloning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, u maydonga qaytdi
15-daqiqa. Biroz avval to'pni qo'li bilan o'ynagan Neymar, Nachoga qo'pollik ishlatdi va o'yindagi ilk sariq kartochkani oldi
22-daqiqa. O'yinning shiddati pasaydi
25-daqiqa. Veratti xato qildi, Lo CHelso Iskoga qarshi qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi
26-daqiqa. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi osmon-u falakka ketdi. Rahmatli, Xojiboy Tojiboevning tabiri bilan aytganda “Turgan joyida tepaga tepdi”
28-daqiqa. Ronalduda yana bir imkoniyat. Birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Areola yuzlari bilan to'pni qaytardi
Hozircha ustunlik “Real” tomonida
Parallel o'tayotgan o'yinda Yurgen Klopp shogirdlari “Portu” darvozasiga 4 daqiqa ichida 2 ta gol urdi
33-daqiqa. Gooooool. Adrien Rabo darvozani ishg'ol qildi
37-daqiqa. Ronalduda yaxshi imkoniyat bo'ldi va ammo yana osmonga tepdi, ehhh
38-daqiqa. Kavaniiii. Edinson ikkinchi golni urishiga bir bahya qoldi
44-daqiqa. O'sha “mashhur” Benzemadan ajoyib zarba, Areoladan seyv
44-daqiqa. Penalti PSJ darvozasiga
Gooooool. Ronaldu Kroos tomonidan ishlangan penaltini golga aylantirdi
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1. Tanaffus qilamiz, aziz muxlislar!
Kirishtianu Ronalduni tabriklaymiz!!! Uning muxlislarini ham, ayniqsa, xitoylik muxlisini))) Ronaldu “Real” uchun ECHLdagi 100-golini urdi. Tabriklar!!!
Birinchi bo'lim statistikasi:
“Real” — PSJ 1:1
Zarbalar: 10-4
Aniq pas: 91%-86%
Xavfli vaziyatlar: 7-2
To'p bilan muomala: 55%-45%
Ikkinchi bo'lim boshlandi
54-daqiqa. Adrien Rabo zarba berdi, to'p yo'liga Ramos qalqon bo'ldi. To'p qo'lga tekkandek ko'rindi
63-daqiqa. Hujumlar kamaydi. Jamoalar ehtiyotkor bo'lib harakatlanmoqda
64-daqiqa. Raboga sariq kartochka. Modrichga ishlatilgan qo'pollik uchun
66-daqiqa. PSJda o'zgarish: Kavani o'rniga Tomas Mene
68-daqiqa. “Real”da ham o'zgarish: Beyl Benzema o'rniga maydonga tushdi
69-daqiqa. Uxxx, Neymar hakamga “zarba” berdi. Neymar tepgan to'p hakam Janluka Rokkining qulog'iga tegdi
76-daqiqa. Uxxx, Berchichening xavfli to'p uzatishi, ammo PSJdan hech kim to'pga tega olmadi
78-daqiqa. Nacho Neymarga qarshi qo'pol o'ynadi va o'z sariq kartochkasini oldi
79-daqiqa. “Real”da o'zgarish: Kazemiro va Isko o'rniga Lukas Vaskez va Marko Asensio tushdi
O'yin yakuniga 10 daqiqa qolmoqda
84-daqiqa. Goooooooooool. Ronalduuuuuuuuuu! Asensioning pasini Areola qaytardi, qaytgan to'pni Ronaldu tizzasi bilan darvozaga joylab qo'ydi
86-daqiqa. Goooooooooool. Marselooooooooo!
Asensioning pasi Marseloning zarbasi, Markinosdan rikoshet va gol. Madrid oldinda 3:1
O'yin o'z nihoyasiga etdi. “Real” muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!
Fikrlar