So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

“Real Madrid” akademiyasi mutaxassisi 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi Yangiliklar

“Real Madrid” akademiyasi mutaxassisi 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi

Keyingi haftada O'zbekistonga tajribali murabbiy keladi.

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlash maqsadida yurtimizga xorijlik mutaxassislar jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Malum qilinganidek, shu yilning 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyuradi. Uning mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha dasturi  O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga maqul kelsa, Zavisha Milovslavlevich Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi.

Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bolalar futboli bo'yicha ishlash uchun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga (Xose Migel Martiarena) poytaxtimizga taklif etildi. U 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi. Ispaniyalik mutaxassis ham bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'z dasturini O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga taqdim etadi. Bu dastur o'rganib chiqilgach, mutaxassisga shartnoma taklif etiladi.

Kiko Zuniga haqida malumot: 1962 yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolchi sifatida "Real Sosedad" klubi safida to'p surib, “Copa del Rey” sovrinini qo'lga kiritgan. Murabbiylik faoliyati davomida "Atletiko" Madrid jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boshqargan va katta natijalarga erishgan. SHuningdek, Kiko Zuniga “Real” Madrid jamoasining Xitoyda joylashgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика