"Real" Gnabrini o'z safiga qo'shib olmoqchi
26 may 2022 10:17
Yangiliklar
"Real" Gnabrini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Real" "Bavariya" hujumchisi Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda.
Madrid klubi o'yinchining shartnomasini uzaytirish borasidagi vaziyatdan foydalanmoqchi.
26 yoshli nemis Myunxen klubi bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolganidan norozi, uning jamoadoshlari Leon Gorecka va Joshua Kimmix ancha tezroq yangi shartnomaga imzo chekishdi.
Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Gnabri joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar