“Real” birinchi bo'lib 100-lik dovonni zabt etdi
24 fev 2018 23:37
Yangiliklar
“Real” birinchi bo'lib 100-lik dovonni zabt etdi
“Real” Ispaniya klublari orasida birinchi bo'lib joriy mavsumda barcha turnirlarda 100 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
La Liganing 25-turida “Real” o'z uyida “Alaves” (4:0) ustidan yirik g'alabaga erishdi. Bu “Real”ning barcha turnirlardagi gollari soni 103 taga etdi.
Madridliklar Ispaniya chempionatida 62 ta, Ispaniya kubogida 11 ta, Ispaniya superkubogida 5 ta, CHempionlar ligasida 20 ta, Evropa Superkubogida 2 ta va klublar o'rtasidagi JCHda 3 ta gol urishga erishishdi.
“Barselona” esa hozircha barcha turnirlarda 92 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan. Kataloniya klubi primerada 62 ta, Ispaniya kubogida 19 ta, CHempionlar ligasida 10 ta va Ispaniya superkubogida 1 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar