"Real" 70 mln. evrolik taklifni rad etdi, biroq Morata MYU bilan shartnomani kelishib oldi
16 iyu 2017 10:33
Yangiliklar
"Real" 70 mln. evrolik taklifni rad etdi, biroq Morata MYU bilan shartnomani kelishib oldi
"Real" hujumchisi Alvaro Morata MYU bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi - uning yillik maoshi 12 mln. evroni tashkil etadi.
Biroq Madrid klubi "Manchester Yunayted"ning 70 mln. evrolik taklifini rad etdi.
Oldinroq "Real" rahbariyati futbolchini kamida 90 mln. evro evaziga sotishni ko'zlayotgani malum qilingandi. Biroq Morataning agenti Xuanma Lopes narxni pasaytirish uchun ayni damda Madridda muzokaralar o'tkazmoqda.
Ingliz OAVning taxminlariga ko'ra, "Real" forvardni 75-80 mln. evroga sotishi mumkin.
Fikrlar