Rays: "MYU bilan durang – adolatli natija"
10 mar 15:29
Yangiliklar
Rays: "MYU bilan durang – adolatli natija"
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi (1:1) durangdan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Angliyalik xavbekning 74-daqiqada urgan goli "to'pchilar"ga "Old Trafford"da durang olib keldi. "Qizil iblislar" tarkibida Brunu Fernandesh birinchi bo'lim yakunida darvozani ishg'ol qildi.
"Tanaffusgacha bazi epizodlarda chiroyli o'ynadik, ammo keskinlik etishmadi. Ikkinchi bo'limda bo'shashib, o'yinni "Manchester Yunayted"ga berib qo'yishimizga oz qoldi. Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi. Raqib yaxshi o'ynadi, ajoyib himoyalandi", – dedi Rays.
Eslatib o'tamiz, Deklan Rays kecha "Arsenal" uchun nafaqat gol urdi, balki qaltis vaziyatda jamoasini qutqarib ham qoldi (VIDEO).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar