Ravshan Haydarov: "Raqib bizga o'yin bermadi"
15 mar 2014 20:25
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Raqib bizga o'yin bermadi"
"Nasaf" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi va OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
Avvalo barchani futbol bayrami va yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi Navro'z bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda g'alaba qozongan "Nasaf" jamoasini ham shu munosabatda tabriklab o'tmoqchiman. O'yin og'ir kechdi. Buni bilardik va ushbu bahsda qarshi hujum taktikasi qo'llagandim. Lekin o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi.
"Nasaf" haqli g'alabaga erishdi. Bu jamoa tarkibida bir qator tajribali va kuchli futbolchilar jamlanishgan. Ular bugun bizni to'psiz qoldira olishdi va rejalarimizni chippakka chiqarishdi. Asror Aliqulov va Zayniddin Tojiev kabi futbolchilarni zaxirada qoldirganim boisi, ular jamoamizga yaqindagina kelib qo'shilishdi va tabiiyki jismoniy holati talab darajasida emasdi. Bu ikki nafar futbolchini avvaldan bilaman va ularni katta tajribasi kelgusida bizga ko'p as qotishi aniq.
Oldimizga qo'yilgan vazifalar haqida gapiradigan bo'lsam, iloji boricha yaxshiroq natijaga harakat qilamiz. O'tgan yilgi natijani yaxshilash asosiy vazifamiz.
"Nasaf" jamoasi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turdi. "Dinamo" bilan taqqoslaganda, ular mavsumga tayyorgarlikni oliy darajada olib borishdi. "Nasaf" klubi "Bunyodkor"dan kam joyi yo'q. Bu ikkala jamoalarning saviyasi bir darajada deb o'ylayman.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar