So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  0 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

Ravshan Ermatovdan navbatdagi ajoyib natijalar Yangiliklar

Ravshan Ermatovdan navbatdagi ajoyib natijalar

Kecha Osiyo Kubogi-2019 finalini o'zbekistonlik Ravshan Ermatov ishlashi haqida xabar chiqqandi.

1. Ermatov ikkita Osiyo Kubogi finalida ishlaydigan birinchi hakam bo'ladi. U 2011 yil Qatardagi musobaqa finalini boshqargandi.

Osiyo Kubogida faqat 1972 yildan boshlab final uchrashuvi o'tkazila boshlangan. Finallarda ishlagan hakamlar ro'yxati:

1972 - Sivapalan Katiravale (Malayziya)
1976 - Jan Dyubash (SHveycariya)
1980 - Sudarso Xardjovasito (Indoneziya)
1984 - SHizuo Takada (Yaponiya)
1988 - Mishel Votro (Franciya)
1992 - Jamol Al-SHarif (Suriya)
1996 - Mohd Nazri Abdulla (Malayziya)
2000 - Ali Busayim (BAA)
2004 - Saad Komil (Kuvayt)
2007 - Mark SHild (Avstraliya)
2011 - Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
2015 - Alirizo Fag'oni (Eron)



2. Ermatov - to'rtta Osiyo Kubogida ishlagan yagona hakam: Xitoy-2004, Qatar-2011, Avstraliya-2015, BAA-2019. Bu musobaqa hamyurtimiz uchun beshinchisi bo'lishi ham mumkin edi, ammo 2007 yilgi Osiyo Kubogida ishlashiga Kanadada o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCH xalal bergandi.

3. Ermatov - Osiyo Kubogida o'yin boshqarish bo'yicha ham etakchi. Yaponiya va Qatar o'rtasidagi bahs uning uchun 14-uchrashuv bo'ladi. Keyingi o'rinlarda Saad Komil (9ta o'yin) va SHamsul Maydin (8ta o'yin) qayd etilgan.

4. Final uchrashuvi hamyurtimiz uchun 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi beshinchi bahs bo'ladi. Bu ham Osiyo Kubogi rekordi. 2015 yil Alirizo Fag'oni ham xuddi shuncha uchrashuvda ishlagan, Abdulla Hassan va Sezar Ramos esa BAAdagi musobaqada beshtadan uchrashuvda bosh hakam bo'lishdi.

Ko'rib turganingizdek Ravshan Ermatovga Osiyo Kuboklarining deyarli barcha rekordlari tegishli. Ulardan bir qanchasi yana ko'p yillar davomida saqlanib qoladi, - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.



Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика