So’nggi yangiliklar

19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  8 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  3

Ravshan Ermatov va yana 3 nafar hamyurtimiz OFK qo'mitalari azoligiga tayinlanishdi Yangiliklar

Ravshan Ermatov va yana 3 nafar hamyurtimiz OFK qo'mitalari azoligiga tayinlanishdi

Teglar :  OFKRavshan Ermatov
Xabaringiz bor, o'tgan haftada O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida bo'lib, OFK mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazdi va o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, o'zaro ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish xususida kelishib olingan edi.

Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli dasturlarda O'zbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini inobatga olib, qita futbol konfederaciyasi bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlar tashlanmoqda.

Kuni kecha OFKning doimiy tartibda faoliyat ko'rsatuvchi qo'mitalariga yangi azolar tayinlandi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, qitamiz futbol konfederaciyasining qo'mitalari azoligiga bir qator o'zbekistonlik mutaxassislar ham tayinlov olishdi. Unga ko'ra,

Ravshan Ermatov OFK hakamlar qo'mitasiga, 

Avaz Maksumov OFK futbolni rivojlantirish qo'mitasiga,

Olim Arifov OFK musobaqalar o'tkazish qo'mitasiga,

SHavkat Imomov OFK texnik qo'mitasiga

azo sifatida tayinlanishdi. Endi hamyurtlarimiz mazkur qo'mitalarda 2019-2023 yillar mobaynida faoliyat olib borishadi.

Mutaxassislarimiz kelajakda qita futboli rivojiga o'z xissasini qo'shish uchun bor bilim va mahoratlarini ishga soladilar.

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchni qadrlaydi va minnatdorchilik bildiradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика