So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Ravshan Ermatov OFK vakillarini qabul qildi Yangiliklar

Ravshan Ermatov OFK vakillarini qabul qildi

Teglar :  Ravshan ErmatovO'FA
Osiyo futbol konfederaciyasi Azo mamlakatlar futbol associaciyalarini rivojlantirish boshqarmasi mutaxassisi Nurayim Alimkulova hamda OFK konsultanti Elnur Mammadov O'zbekiston futbol associaciyasiga tashrif buyurishdi.

Qitamiz futbol konfederaciyasi muntazam ravishda milliy associaciyalarni qo'llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini taminlash bo'yicha turli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib boradi. Ravshan Ermatov OFK vakillari bilan uchrashdi va associaciya faoliyatini yanada samarali yo'lga qo'yilishini taminlashga yordam beruvchi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Nurayim Alimkulova va Elnur Mammadov O'zbekiston futbol associaciyasining barcha yo'nalishlar bo'yicha ish faoliyatini yanada yaxshilash, har bir boshqarma ish ko'lamini chuqur tahlil etish orqali ilg'or associaciyalar tajribalarini tatbiq etishda Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan bevosita ko'mak ko'rsatilishini bildirishdi.

Ravshan Ermatov ham O'FA va OFK o'rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishi, o'rtadagi o'zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishi, qita futbol konfederaciyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli tashabbus va loyihalarda O'zbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Uchrashuv davomida OFK vakillari shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasining barcha boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ish faoliyatini yanada samarali yo'lga qo'yish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика