So’nggi yangiliklar

12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  0 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  3 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11

Ravshan Ermatov: Nahotki tajribali murabbiy qoidani bilmasa? Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Nahotki tajribali murabbiy qoidani bilmasa?

Oliy liga birinchi davrasining eng markaziy uchrashuvi kecha Toshkentdagi "Jar" stadionida bo'lib o'tdi.

ikkala bo'limda darvozalar tomon belgilangan bittadan penalti uchrashuvning durang bilan intiho topishiga sabab bo'ldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan "Bunyodkor" murabbiyi Murod Otajonov jamoasining muhim o'yinda 2 ochko yo'qotganini hakamning xatosi bilan izohladi. Uning fikricha, o'yin bosh hakami Ravshan Ermatov o'yinning so'nggi daqiqalarida "Lokomotiv" darvozasi tomon penalti belgilashi kerak edi.

"Bunyodkor" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'p "Lokomotiv" himoyachisining qo'liga tekkan vaziyatda penalti bormidi? Nima uchun penalti belgilanmadi? Ushbu holat bo'yicha o'yinni boshqarib borgan hakamning fikrini bilish maqsadida Ravshan Ermatovga murojaat qildik.

"Bugungi kunda hattoki muxlislar ham yaxshi biladigan qo'l bilan bog'liq bo'lgan futbol qoidasini nahotki yuqori saviyali mutaxassis Murod Otajonov bilmasa? “Bunyodkor” murabbiyi etiroz bildirgan vaziyatga etibor qaratadigan bo'lsak, birinchidan, zarba berilayotgan paytda "Lokomotiv" futbolchisi teskari qarab turgandi va u to'pni ko'rmadi. Ikkinchidan, futbolchining qo'li tabiiy holatda edi. Va eng asosiysi, o'yinchi ataylab qo'li bilan to'pga o'ynamadi, aksincha to'p kuchli zarba oqibatida yaqin masofadan uning qo'liga kelib tegdi. Bunday holatda nafaqat penalti, balki maydonning boshqa joylarida ham jarima zarbasini belgilash noto'g'ri bo'ladi.

Men ham oddiy insonman. Albatta, menda ham xato-kamchiliklar bo'lib turadi. Lekin men qilgan xatolarimda birovni aybdor qilmayman. Xatolarimni o'rganib chiqib, mashg'ulotlarda ularning ustida ishlab, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman. Afsuski, bazi bir murabbiylarga o'yin davomida taktika va tarkib bilan bog'liq xatolarni tan olish uchun mardlik etishmaydi va aybni o'zidan qidirmasdan, chetdan axtarishga harakat qiladi”, deydi FIFA referisi Ravshan Ermatov.

Olimxo'ja Bo'ronov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика