So’nggi yangiliklar

11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  1 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9

Ravshan Ermatov: Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi Yangiliklar

Ravshan Ermatov: Bunday derbilar futbolning bezagi hisoblanadi

Superliganing 2-turidan o'rin olgan “Toshkent derbisi” sifatida etirof etiladigan “Bunyodkor” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvini bevosita stadionda kuzatib borgan FIFA referisi Ravshan Ermatovdan uchrashuv haqidagi taassurotlarini so'radik.

-Ravshan aka, Siz bugun FIFA seminariga uchib ketishingiz kerak edi. Lekin Sizni “Bunyodkor” stadionida ko'rib turibmiz...

-Ha, hozir “Toshkent derbisi”ni stadionda tomosha qilib, to'g'ri aeroportga ketyapman. Futbolimiz uyg'onyapti, har bir uchrashuvni stadionga kelib tomosha qilish insonga katta zavq bag'ishlayapti. Umuman futbolni yaxshi ko'rgan odam bu mavsumda imkoniyati bo'lsa albatta stadionga kelib futbol ko'rsa, hech ham afsuslanmaydi.

-Bevosita “Toshkent derbisi” haqida fikrlaringiz...


-Bugun juda chiroyli futbol guvohi bo'ldik. Bunday derbilar futbolni bezagi hisoblanadi va uni aynan shunday kurashlarga boy, halol ruhda o'tganidan barcha muxlislar xursand bo'lishdi.

Bunday o'yinlar orqali muxlislar yana futbolga mehr qo'yishadi va o'zbek futboli to'g'ri yo'ldan ketayotganiga ishonishadi. Umuman olganda, Superliganing barcha o'yinlari ana shunday ko'tarinki ruhda o'tayotganini takidlab o'tish kerak.

-Uchrashuvni boshqarib borgan hakam SHerzod Qosimov haqida fikrlaringiz...


-Mavsum oldidan O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlar bilan uchrashib, har bir uchrashuv adolatli, halol va eng muhimi sifatli hakamlik bilan boshqarilishi kerakligi va aynan shu yo'l orqali biz muxlislarni stadionlarga qaytarishimiz kerakligi haqida aytib o'tgan edilar.Bugun barchamiz bu so'zlarni amalda qo'llanilganini guvohi bo'ldik.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика