So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  13 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

Ravshan Ermatov: "Agar futbolchilar oyligi kamayishiga rozi bo'lsa, bundan xursand bo'lardim" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Agar futbolchilar oyligi kamayishiga rozi bo'lsa, bundan xursand bo'lardim"

"Tezkor studiya" mehmoni bo'lgan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov karantin paytidagi iqtisodiy ahvol futbolga qanchalik tasir ko'rsatishi borasida o'z fikrini bildirdi.

Karantin sabab aksar yirik korxonalar o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatib turibdi. Ko'p klublar viloyat hokimliklariga tegishli ekanini inobatga olib bu holat futbolimizga tasir ko'rsatishi mumkinmi? Baribir hozir asosiy mablag' koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanyapti. 

- Bu juda o'rinli savol. Hozir butun dunyoda ko'p sohalarning kun tartibida turgan savol. Bu borada iqtisodiyotchilar turli taxmin va farazlarni ilgari surishyapti. Kelajakda nima bo'lishini va karantin qachon tugashini hech birimiz aniq ayta olmaymiz. 

- Lekin mana shunday qiyin va sinovli kunlarda fidoyilik birinchi o'ringa chiqishi kerak. Futbolga bo'lgan mehr va munosabat yuqori planga chiqishi lozim. Futbolni ko'proq yaxshi ko'ramizmi yoki pulnimi? Mana shu savolga hamma o'zi uchun javob bersa yaxshi bo'lardi.

- Ko'pincha murabbiylar aytadi: biz yoshlikda ko'proq futbolni yaxshi ko'rardik, ammo hozirgi avlodda buning teskarisi deb. Albatta, koronavirus balosi har qanday davlat iqtisodiyotiga tasir qilishi aniq. SHunday ekan vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini qidirishga to'g'ri keladi. 

- Agar bizda ham oylikning malum bir qismini ushlab qolishga to'g'ri kelsa, o'ylaymanki bunga ko'pchilik futbolchilar rozi bo'ladi. Evropaga nazar tashlang, juda ko'p joylarda oyliklarni kamaytirish ustida ish olib borilyapti. Hatto ko'pchilik futbolchilar o'zlari tashabbus bilan chiqishyapti. 

- Agar bizda futbolchilar oyligi kamayishiga rozi bo'lsa, bundan shaxsan men xursand bo'lardim. Lekin buni hamma to'g'ri tushungan holda qabul qilish lozim, bu narsa piar yoki kimgadir maqtanish uchun qilinmaydi. Savob uchun qilsa bo'ladi, - deydi Ravshan Sayfiddinovich.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика