So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Rauf Inileev: "Obod" Oliy ligada qolishiga ishonaman" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Obod" Oliy ligada qolishiga ishonaman"

Teglar :  Rauf InileevObod
Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Obod" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Rauf Inileev qatnashdi.


- Maydonda murosasiz o'yin kechdi. Jamoani "Qizilqum"ga qarshi juda jiddiy tayyorlagandik. Bu jamoaning hujum chizig'i ancha kuchli ijrochilar bilan boyitilgan. O'sha "Nasaf"dagi eski "trio" hozirda "Qizilqum"da o'ynamoqda. "Qizilqum" bugun negadir boshqacha o'yin uslubidan foydalandi. Ular ko'proq Angliya futbolidagidek uzun paslar orqali o'ynashni maqul ko'rishdi. "Qizilqum" hujumlarini havodagi uzun paslar orqali qurishga etibor qaratdi. Menimcha, SHodievning bo'ydorligidan foydalanmoqchi bo'lishdi. Biz o'zimizning so'nggi uchrashuvlarimizni muvaffaqiyatsiz o'tkazdik. Buning o'ziga xos sabablari bor. CHunki jamoamiz oxirgi uchta o'yinni o'tgan yilgi peshqadamlarga qarshi mehmonda o'ynadi. SHu boisdan ham ochkolarni olish qiyin bo'ldi. Tarkibimizda yoshlar ko'p, ularga esa hozircha tajriba etishmayapti. Lekin bu muammo emas. Vaqt o'tishi bilan ular kerakli tajribani to'plashadi, - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Rauf Inileev.

- Nima deb o'ylaysiz, "Obod" jamoasi bu yil ham Oliy ligada qolishni uddalay oladimi?

- Agarda jamoamiz o'tgan yilgidek yoki bugun o'ynagandek xarakter ko'rsata olsa, men jamoamiz kuchlilar safida qolishiga ishonaman. Qaytarib aytaman, yosh futbolchilarimiz hali mavsum davomida o'yinlarini kuchaytirishadi, bunga ishonamiz. "Obod" o'tgan yilgidek o'z yuzini saqlab qoladi, deb umid qilaman. O'tgan mavsumda biz bilan ligada jon saqlab qolish uchun kurashgan "Navbahor" va "Qo'qon-1912" jamoalari ayni paytda yaxshi ishtirok etishmoqda. CHunki ular o'z saflariga "Paxtakor"ning bir nechta futbolchilarini, kuchli legionerlarni jalb etishdi. Bu futbolchilar esa hozir o'sha jamoalarda asosiy rolni bajarishmoqda. Bizda esa klub siyosati biroz boshqacha. "Obod" ko'proq yoshlarga etibor qaratmoqda. Men ishontirib aytamanki, bu yoshlar hali o'z o'yinlarini kuchaytirishadi. Afsuski, ushbu yili klub rahbariyati "Paxtakor" va "Bunyodkor" akademiyalaridagi yoshlarni ijara olish fikridan qaytdi. Ular o'zimizning yoshlarni tayanishga qaror qilishdi. SHu boisdan ham hozirda zaxiramiz ancha tor bo'lib qolgan.

- "Obod"ning asosiy "quroli" - burchak zarbalarini o'zgacha ijro etish. SHunga o'xshash standart vaziyatlarini yanada ko'proq tayyorlasa, buning ustida ishlansa bo'lmaydimi? Bugun ham gol aynan o'sha uslubda kiritildi...

- To'g'ri payqadingiz. Burchak to'plarini shunday o'ynashni biz avvaldan tayyorgarlik qilgandik. Kecha ham xuddi shunday vaziyatni mashg'ulotda takrorlab, tayyorlangandik. Bu tasodifiy ijro emas. Buni reja qilgandik. Bu esa meva berishi albatta yoqimli. Hozir jahon futbolida standart vaziyati asosiy "qurol"ga aylangan. Nafaqat biz, ko'pchilik hozirda aynan standart vaziyatlaridan gol urmoqda. Biz esa buning ustida hali ko'p ishlaymiz.


Eslatib o'tamiz, "Obod" jamoasi 9-turdan keyin 6 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 15-o'rnida bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика