Rasmiy xabar: Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo'lishi malum
15 avg 11:56
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston uchrashuvi qaysi shaharda bo'lishi malum
OFK JCH-2026 saralashi doirasidagi dastlabki o'yinlar qaysi stadionlarda o'tishi borasida yakuniy qarorni elon qildi.
Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 1-turda 5 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida KXDRga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Xuddi shu kuni Qatar "Ahmad bin Ali" stadionida BAAni qabul qilsa, Eron Isfahondagi "Fuladshahr" stadionida Qirg'iz Respublikasi bilan o'ynaydi.
10 sentyabr kuni 2-turda O'zbekiston Qirg'iz Respublikasi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs Bishkek shahridagi Dolen Omurzakov nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.
KXDR Qatarni Laos mamlakatidagi "Lao Milliy" stadionida qabul qiladi. BAA esa Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayd" stadionida Eron bilan to'qnash keladi.
Fikrlar