So’nggi yangiliklar

00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  14 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  6 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  25 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  80 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  55 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  98

Rasmiy xabar: Otabek G'ulomxo'jaev - "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Otabek G'ulomxo'jaev - "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi

Xabaringiz bor, "Surxon" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng murabbiylik vazifasida ishlayotgan Baxtiyor Hamidullaev vazifasidan ozod qilingan edi.

Jamoa rahbariyati bosh murabbiylikga bir nechta nomzodlar orasidan Otabek G'ulomxo'jaev nomzodini munosib deb topdi.

Otabek G'ulomxojaev shu paytgacha dastlab "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarining akademiyalarida ish boshlagan. Keyinchalik 2015-2016 yillarda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo'jaevga yordamchi sifatida faoliyat olib borib, Olimxo'jaev bilan birgalikda mazkur terma jamoani 2016 yili Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tgan U-16 terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga olib borgan.

2018-2019 yillarda esa O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ushbu jamoa safida "Andijon"ning yosh futbolchisi Farhod Sohibjonov ham G'ulomxo'jaev qo'l ostida harakat qilgan.

Otabek G'ulomxo'jaev O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi. SHundan song "Navbahor" jamoasida selekcioner murabbiy sifatida ish yuritgan.

Malumot o'rnida, Otabek G'ulomxo'jaev 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U futbolchilik faoliyatida 2001-2002 yillarda "Andijon" jamoamiz safida top surgan. Afsuski og'ir jarohat tufayli ayni kuchga to'lgan, navqiron 20 yoshidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan.

"Navbahor" jamoasida tarkibni yoshartirishga erishgan ushbu mutaxassisning jamoamizga taklif qilinishi orqali kelgusi yillarda yoshlarga katta imkoniyatlar berish va ular bilan ishlashni to'g'ri yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.

Umid qilamizki, G'ulomxo'jaev boshchiligida jamoamiz superligada qolish vazifasini uddalaydi va jamoaning kelgusi yillardagi natijalarini yaxshilaydi, - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика