Rasmiy xabar: "Nasaf" va "Andijon" sobiq futbolchilari legionerga aylandi. Ular bitta klubda o'ynashadi
20 avg 12:35
Yangiliklar
Rasmiy xabar: "Nasaf" va "Andijon" sobiq futbolchilari legionerga aylandi. Ular bitta klubda o'ynashadi
O'zbekistonlik yarim himoyachi SHohmalik Komilov va hujumchi Malikshoh Rasulov faoliyatini Gruziyada davom ettirishadi.
Yozgi transfer oynasi vaqtida "Buxoro" bilan xayrlashgan SHohmalik Komilov Gruziyaning "Merani Martvili" klubi bilan shartnoma tuzdi.
O'z vaqtida "Andijon"da o'ynagan Malikshoh Rasulov Qirg'izistonning "Alay" klubidan "Merani"ga ko'chib o'tdi.
O'zbekistonlik yana bir futbolchi Javohir Esonqulov to'p tepayotgan mazkur klub Gruziya uchinchi divizionida ishtirok etadi.
"Merani" ikkinchi davradagi ilk uchrashuvni 29 avgust kuni o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
20:27
Aleksandr Xomyakov: "Rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas" 10
Fikrlar