So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  7 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

Rasmiy xabar: "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi 4 mart kuni soat 15:30da boshlanadi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi 4 mart kuni soat 15:30da boshlanadi

Teglar :  MetallurgSuperliga
Yurtimiz uzra bahor nasimlari esa boshladi. Bahor esa millionlar o'yini – FUTBOL uchrashuvlarini o'lkamizga boshlab kelyapti.

Yangilanayotgan chempionatimiz – SUPERLIGA bahslari 1 mart sanasidan etiboran start oladi. U mamlakatimizning barcha xonadonlariga quvonch, xursandchilik olib kirishini istaymiz.

Futbol bayrami metallurglar shahri – Bekobodda ham katta umidlar, ulkan orzular bilan qarshilanayapti. Mamlakatimiz industriya sanoatida muhim o'rin tutuvchi, mehnatkash, zahmatkash, fidoyi ishchilari, ko'p millatli aholisi bilan nom qozongan Bekobodda mavsum 2018 yilning 4 mart sanasida boshlanadigan bo'ldi. Yangi mavsum yo'lida katta bunyodkorlik ishlari bajarilgan “Metallurg” markaziy stadionida faqat bitta kamchilik qoldi. “Toshshaharnur” tomonidan amalga oshirilayotgan stadionning yoritish tizimini talablar asosida tamirlash jarayoni biroz kechikyapti.

O'zbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati, Bekobod shahar hokimligining iltimosini erda qoldirmay, 1-tur uchrashuvini istisno tariqasida 4 mart sanasida, soat 15:30 da boshlanishiga ruxsat bergan, Bekobodni katta futbol havosidan bebahra qoldirmaganligi uchun ko'p ming sonli futbol muxlislari nomidan O'zbekiston futbol associaciyasiga, Professional futbol ligasi mutasaddilariga minnatdorlik bildiramiz, - deyiladi "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabarida. 

Bekobodda bo'lib o'tadigan “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvini mamlakatimizning taniqli hakamlaridan, FIFA referisi Viktor Serazetdinov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Gaynulin va Andrey Capenkolar yordam berishadi.  Zahiradagi hakam Rustam Lutfulin. Hakamlar guruhi faoliyatini esa Baxtiyor Tog'aev nazorat etib boradi.

4 mart (yakshanba)

“Metallurg” (Bekobod) – “Navbahor” (Namangan), Bekobod. “Metallurg” stadioni. 4.03.2018 yil, 15:30
Hakamlar: 
V.Serazitdinov (Toshkent), T.Gaynullin (Toshkent), A.Capenko (Toshkent vil.), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog'aev (Toshkent).

Reyting: -142   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика