So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  3 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Rasman. Superliganing uchta jamoasiga yozgi transfer oynasi uchun sankciya qo'llanildi Yangiliklar

Rasman. Superliganing uchta jamoasiga yozgi transfer oynasi uchun sankciya qo'llanildi

Navbahor, Neftchi va Surxon klublariga yozgi transfer oynasi uchun sankciya qo'llanildi.

Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita qarorlari ijrosini o'z vaqtida taminlamagani uchun mazkur uch klub 2024 yilning yozgi transfer oynasida xorijlik futbolchini Liga ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Taqiq qarzdorlik bartaraf etilgan taqdirda ham amalda bo'ladi.

Joriy yilning 16 iyul sanasiga qadar Liga bu uch klubning yangi futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazmaydi. Mazkur sanaga qadar ham qo'mita qarorlari ijrosi bajarilmasa, 16 iyul sanasidan so'ng ular faqatgina 2002 va undan keyin tug'ilgan futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi uchun ruxsat beriladi. Bunda klublar «Superliga va Pro liga reglamenti»da belgilangan limitdan chiqib ketmasligi taminlanadi.

Agar transfer oynasining so'nggi kuni bo'lgan 30 iyul sanasiga qadar ham mavjud qarzdorlik bartaraf etilmasa, u holda avtomatik ravishda 2025 yilning qishki transfer oynasida legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun taqiq kuchga kiradi. SHundan so'ng mazkur klublardan 6 ochkogacha olib tashlash masalasi kun tartibiga kiritiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика