Rasman: Ronaldino Junior faoliyatini Angliyada davom ettiradi
15 avg 2024 14:05
Yangiliklar
Rasman: Ronaldino Junior faoliyatini Angliyada davom ettiradi
Mashhur sobiq futbolchi Ronaldinoning o'g'li Joau Mendes o'zining birinchi professional shartnomasini imzoladi.
19 yoshli Joao faoliyatini "Kruzeyro" akademiyasida boshlagan. 2023 yilda esa "Barselona"ga ko'chib o'tgandi.
Hujumchi yoki o'ng qanot vingeri poziciyasida harakat qiladigan Ronaldino Junior endilikda Angliyaning "Bernli" klubi sharafini himoya qiladi.
Tomonlar 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashgan.
Eslatib o'tamiz, "Bernli" o'tgan mavsum APLda 19-o'rinni band etdi va CHempionshipga ravona bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar