Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi
24 jan 17:38
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi
Brayan Riaskos "Paxtakor"ning navbatdagi legioneriga aylandi.
"1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan Riaskos O'zbekistonga Xitoyning "Cindao Vest Kost" jamoasidan tashrif buyurdi. CHin yurtida 16 ta o'yinda 6 ta gol urgan hujumchi klubimizda 94-raqamda o'ynaydi.
Faoliyati davomida "Gaziantep", "Metallist", "Nasonal" kabi klublarda to'p tepgan", – deyiladi "sherlar" xabarida.


"O'zbekistonning eng kuchli jamoasida to'p tepishimdan xursandman. Tug'ilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va "Paxtakor" muxlislarini o'z gollarim bilan xursand qilaman", – deydi Riaskos.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Paxtakor"ga kolumbiyalik hujumchi kelayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar