Rasman: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi Osiyo kubogi-2031 ni birgalikda o'tkazish borasida OFKga taklif yubordi
24 fev 18:09
Yangiliklar


Rasman: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi Osiyo kubogi-2031 ni birgalikda o'tkazish borasida OFKga taklif yubordi
So'nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o'tkazishga ishonch bildirgan holda, o'z qo'shma nomzodini ilgari surishdi.
Bugungi kunda qo'shni mamlakatlar bilan birga O'zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg'ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo'shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o'tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo etiborini qozonishga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
???? Ochilish va final uchrashuvi uchun stadion (OFK talabi minimum 50,000)
Bishkekdagi yengi quriladigan stadion 51000 ming o'rinli.
OFK kubogi finalini o'tkizsa bo'ladi.
???? Yarim final uchun stadionlar (OFK talabi minimum 40,000)
Yarim final uchun quriladigan stadion
Toshkentda quriladigan "Olimpiya" stadioni (45,000)
Yarim final uchun quriladigan stadion
Dushanbeda quriladigan "Markaziy" stadioni (40,000)
???? Guruh bosqichida, 1/8 final va chorak final 20,000 stadionlari (OFK talabi minimum 20,000)
Toshkent shahridagi Milliy ( Bunyodkor) (33,000)
Toshkent shahridagi "Paxtakor" (33,000)
Namangandagi Markaziy (23000)
Qarshidagi Markaziy (21000)
Farg'onadagi Istiqlol (20 500)
Xujanddagi mustaqillikning 20 yilligi (20,000)
@OZBEK_FUTBOLI