So’nggi yangiliklar

10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  0 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  4 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  1 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  2 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  2 07:58Ироқни ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатда "Пахтакор" футболчиси бор  2 07:30Анчелотти нима учун Неймарн март ойидаги йиғинга чақирмаганини тушунтирди  1 01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  11 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  12 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  8 00:04"Агар атайлаб урганимда, у ўрнидан тура олмасди!" Рюдигер рақибининг жағига берган зарбаси ҳақида  22 23:30Барча 18 жамоа чемпион бўлиши... ёки қуйи лигага тушиб кетиши мумкин бўлган Польша лигасига хуш келибсиз  1 23:00"Чўққида!" Винисиус Жуниор "Оскар" ютган Майкл Б. Жорданни қутлади  2 22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  16

Rasman: "Mashal" afrikalik futbolchilar bilan bitim tuzdi Yangiliklar

Rasman: "Mashal" afrikalik futbolchilar bilan bitim tuzdi

Muborakliklar hujum va yarim himoya poziciyalari uchun afrikalik futbolchilarni jalb etdi.

Muborakning "Mashal" futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Jamoamiz nigeriyalik tajribali markaziy hujumchi Avgustin Chidi Kvem bilan rasmiy shartnoma imzoladi.

28 yoshli forvard "gazchilar"ning oldingi chizig'ida asosiy kuchga aylanishi kutilmoqda. Bo'yi 187 santimetr bo'lgan futbolchi jismoniy tayyorgarligi, havo kurashlaridagi ustunligi va raqib jarima maydonchasidagi faolligi bilan ajralib turadi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Kvemning bozor qiymati 350 ming evroga baholangan bo'lib, bu uni jamoadagi eng qimmat legionerlardan biriga aylantiradi.

Chidi Kvem professional faoliyati davomida asosan Janubiy Afrika va Vetnam chempionatlarida to'p tepgan. U Janubiy Afrika Premer-ligasida "Chippa Yunayted", "Tisi Gelaksi", va "AmaZulu" klublari sharafini himoya qilgan. Ayniqsa, "AmaZulu" safidagi o'yinlari etiborga molik bo'lib, qariyb 50 uchrashuvda 11 bor raqib darvozasini ishg'ol etgan. O'zbekistonga kelishidan oldin esa Vetnamning "Xanoy" hamda Iroqning "Al Naft" jamoalarida harakat qilgan.


Shuningdek, Muborakning "Mashal" jamoasi nigeriyalik yarim himoyachi Rafael Viashima Ayagva bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qildi.

27 yoshli futbolchi maydon markazida barqaror o'yini, to'p bilan muomala madaniyati va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turadi. U faoliyati davomida Nigeriya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Ayagva klub darajasida ham xalqaro tajriba orttirgan. Xususan, u Norvegiyaning "Lillestryom," AQSHning "Talsa" jamoalari hamda Misr va Liviya chempionatlarida ishtirok etuvchi bir qator klublar sharafini himoya qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
20 fev 01:51:26
Bahodir
Fudbol öhshamasa töylarga olib chiqilar
-1   
19 fev 19:00:14
STENLESS..R
Шу Машъални хам легионерлари Насафникидан кучлими дейман
-1   
19 fev 16:53:47
Akbar Umarov
Ana bo'lmasam faqat oyligini vaqtida berilar iltimos bo'lmasam ustinglardan Fifaga xat yozadiya
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика