Rasman: "Mashal" 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
11 fev 08:10
Yangiliklar
Rasman: "Mashal" 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Mashg'ulotlar jarayonida murabbiylar shtabi bir qator yosh va istiqbolli futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib, eng munosib nomzodlar bilan uzoq muddatli kelishuvlarga erishdi.
Klub rasman uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini malum qildi.
Asadbek Habibullaev — 21 yoshli himoyachi. O'tgan mavsumda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo'lgan futbolchi bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.
Maqsudxo'ja Aloxo'jaev — 21 yoshli iqtidorli himoyachi. O'tgan mavsumni «Dinamo» jamoasi safida o'tkazib, 10 ta bahsda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bilan 3 yillik bitim imzolandi.
Samandar Jo'rabekov — 21 yoshli darvozabon. "Olimpik" klubi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan posbon bilan ham 3 yillik shartnoma tuzildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar