Rasman: JCH-2030ga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Urugvay, Paragvay va Argentina birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar
04 okt 2023 21:33
Yangiliklar
Rasman: JCH-2030ga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Urugvay, Paragvay va Argentina birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar
2030 yilgi Jahon chempionati umumiy hisobda oltita mamlakatda o'tkaziladi. FIFA tashkiloti JCH-2030 mezbonligiga Ispaniya, Marokash va Portugaliya mamlakatlarini tasdiqladi. Tashkilot bu uch mamlakat taqdim qilgan umumiy loyihani g'olib deb topdi.
Bundan tashqari, Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar. Jahon chempionatining ochilish o'yiniga Urugvay mezbonlik qiladi. 1930 yilgi Jahon chempionati aynan Urugvay mamlakatida o'tkazilgandi.
Qolgan barcha o'yinlar Ispaniya, Portugaliya va Marokash mamlakatlarida o'tkaziladi. SHu tariqa, bu Jahon chempionati uchta qitada o'tkazilgan tarixdagi birinchi mundial bo'ladi.
"Bo'lingan dunyoda, FIFA va futbol birlashmoqda", -deydi FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu qaror haqida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar