Rasman: JCH-2022 belgilangan vaqtdan bir kun oldin boshlanadi
12 avg 2022 08:50
Yangiliklar
Rasman: JCH-2022 belgilangan vaqtdan bir kun oldin boshlanadi
Qatarda o'tadigan 2022 yilgi mundialning boshlanish vaqti o'zgardi.
FIFA jahon chempionati startini 21 noyabrdan 20 noyabrga ko'chirishga qaror qildi. Bu musobaqa mezboni Qatar TJning ochilish o'yinida maydonga tushishi uchun qilindi.
SHu tariqa, JCH-2022 taqvimidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da Qatar va Ekvador bahsi bilan boshlanadi.
"A" kvartetidan o'rin olgan Senegal – Niderlandiya uchrashuvi esa rejalashtirilganidek 21 noyabrda o'tadi, ammo o'yin endi 15:00 da emas, 21:00 da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar