Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi
		
		16 iyu 2022 13:29
        Yangiliklar	
	 
				 
				Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi
Eshitdik-da! "Navbahor" Jasur Yaxshiboev bilan muzokara olib bormoqda
Bugun ana shu xabar o'z tasdig'ini topdi. "Navbahor" matbuot xizmati qanot hujumchisi Yaxshiboev jamoaga kelib qo'shilgani haqida malumot berdi.
Jasur 1997 yil, 24 iyunda Toshkent viloyatining CHinoz shahrida tug'ilgan. Jasur Yaxshiboev katta futboldagi faoliyatini 2016 yili "Paxtakor"da boshlagan. Poytaxtliklar tarkibida 2019 yilning yarmigacha to'p tepgan futbolchi o'sha yilning 2-davrasini Olmaliqning AGMK jamoasida o'tkazadi. SHundan so'ng, hujumchi faoliyatini xorijda davom ettiradi. Yaxshiboev 2020 yilgi mavsumni Belarusning "Energetik-BGU" (Minsk, 1-davra), "SHaxtyor" (Soligorsk) jamoalarida o'tkazadi.
So'ngra faoliyatini Polshaning "Legiya" (Varshava, 2021 yilning 1-davrasi), Moldovaning “SHerif” (Tiraspol, 2021 yilning 2-davrasi, 2022 yilning 1-davrasi) jamoalarida davom ettirgan Jasur Yaxshiboev o'tgan yilning kuzida "SHerif" tarkibida Evropa CHempionlar Ligasining guruh bosqichi bahslarida Madriddagi mashhur "Santyago Bernabeu" stadionida taniqli darvozabon Tibo Kurtuani dog'da qoldirib, "Real" darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'lgan va o'sha o'yinda tiraspolliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.
"SHerif"dan so'ng "Legiya"ga yo'l olgan mahoratli hujumchi bir necha kun oldin polshaliklar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, yurtimizga qaytishga qaror qildi.

O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar