Rasman: Ivan Boshkovich "So'g'diyona" bosh murabbiyi
06 apr 2023 08:33
Yangiliklar
Rasman: Ivan Boshkovich "So'g'diyona" bosh murabbiyi
"Navbahor"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov istefoga chiqarilgan edi.
Kecha «So'g'diyona» qarorgohida CHernagoriyalik murabbiy Ivan Boshkovich bilan mavsum so'ngiga qadar bo'lgan shartnoma imzolandi.
Malumot o'rnida, Ivan Boshkovich 1982 yil 1 yanvar sanasida CHernogoriyada tavallud topgan.
Ivan Boshkovich murabbiylik faoliyati davomida 2018 yili «Huai Thalaeng Yunayted» jamoasida yoshlar murabbiyi bo'lgan. 2019 yilda «Lampang» jamoasida yordamchi murabbiy. 2020 yil «Bunyodkor U19» jamoasi murabbiyi, 2021 yilda «Bunyodkor-2» bosh murabbiyi, 2022 yilda «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq championat.asia saytining "Eshitdik-da" ruknida Boshkovich "So'g'diyona"da ish boshlashi haqida xabar qilgandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar