Rasman: "Inter" Eriksen bilan shartnomani bekor qildi
17 dek 2021 19:51
Yangiliklar
Rasman: "Inter" Eriksen bilan shartnomani bekor qildi
Klub va futbolchi bu borada o'zaro kelishuvga erishgan.
"Inter" Kristian Eriksenga kelajakdagi faoliyatida eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
"Bugungi kunda "Inter" va Kristian Eriksenning yo'llari ayrilmoqda, ammo mustahkam aloqa saqlanib qoladi. Skudettoni nishonlash paytidagi eng yaxshi lahzalar, gollar va g'alabalar, muxlislar quvonchi – bularning barchasi "neradzurri" tarixida qoladi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 12 iyun kuni Evro-2020 doirasidagi Daniya — Finlyandiya (0:1) uchrashuvining birinchi taymida Eriksen maydonga yiqilib tushgandi. 15 daqiqa davomida shifokorlar unga yordam berishgandi, so'ngra shifoxonaga olib ketishgandi. Keyinroq o'sha vaqtda Kristianning yuragi to'xtab qolgani aniqlangandi.
Kristianga kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan, bu esa unga Italiya chempionatida ishtirok etishni taqiqlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar