Rasman: Ederson Turkiya klubiga o'tdi
02 sen 12:27
Yangiliklar
Rasman: Ederson Turkiya klubiga o'tdi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Manchester Siti" bilan darvozabon Ederson bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ederson ushbu mavsum "shaharliklar" safida o'ynagani yo'q. Avvalroq 32 yoshli braziliyalikni "Galatasaroy" bilan bog'lashgandi, ammo u yakunda "Siti"ni "Fenerbaxche"ga almashtirishga qaror qildi.
Tajribali posbon uchun taxminan 12 mln funt to'lanishi kutilmoqda.
"Manchester Siti" uning o'rniga Janluiji Donnarummani olib kelmoqda. 26 yoshli posbon jamoada Jeyms Trafford va Shtefan Ortega bilan raqobat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar