So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  4 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  3 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

Rasman: “Bunyodkor” stadioni “Milliy stadion”ga aylantirildi Yangiliklar

Rasman: “Bunyodkor” stadioni “Milliy stadion”ga aylantirildi

O'zbekiston futbol associaciyasi “Bunyodkor” stadionini tashkilot Ijroqo'mi qaroriga ko'ra “Milliy stadion” deb nomladi.

Unda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazish belgilab qo'yilgan.  “Milliy stadion”, shuningdek, O'zbekiston Kubogining yuqori bosqichli o'yinlariga, xalqaro darajadagi futbol uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. U mamlakatning bosh arenasiga aylanadi.

O'FA stadionga muxlislarni jalb qilish ustida ish olib boradi. Ishqibozlar faqatgina futbol uchrashuvlari vaqtida emas, qolgan kunlarda ham stadion atrofida erkin sayr qilishlari, ko'ngil yozishlari uchun bosqichma-bosqich sharoitlar yaratiladi. Stadion muxlislarga yaqinlashish yo'lidan yuradi.  

Stadionga tutash hududda barpo etilgan futbol akademiyasi esa O'zbekiston futbol associaciyasiga qarashli akademiyaga aylantiriladi. Sir emaski, rejaga ko'ra yaqin vaqt ichida O'zbekistonning 14 ta hududiy birligida 1 tadan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari ish boshlaydi. Mazkur akademiyalarni esa O'FA qoshidagi respublika futbol akademiyasi birlashtirib turadi. Yani, hududiy akademiyalarning eng oldi futbolchilari respublika futbol akademiyasiga qabul qilinadi.


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика