Rasman: "Barselona" transfer oynasining so'ngida niderlandiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi
01 sen 2021 07:25
Yangiliklar
Rasman: "Barselona" transfer oynasining so'ngida niderlandiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi
"Sevilya" hujumchisi Lyuk de Yong faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Kataloniya klubi 31 yoshli forvardni tekinga ijaraga oldi (mavsum so'ngigacha) va uning maoshini to'liq to'laydigan bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" uni to'laqonli sotib olish huquqiga egalar.
"Barsa" bosh murabbiyi Ronald Kuman de Yongni Niderlandiya terma jamoasida faoliyat orqali yaxshi taniydi.
"Sevilya" yozda "Ueska"ning eng yaxshi to'purari Rafa Mir bilan shartnoma imzolagani sabab hujumchini qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar