Rasman: Azizbek Xolmurodov - OKMK futbolchisi
13 jan 2024 20:20
Yangiliklar
Rasman: Azizbek Xolmurodov - OKMK futbolchisi
"Jamoamiz bo'lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini elon qiladi!
Azizbek Xolmurodov 2003 yil 18 sentyabr sanasida Qashqadaryoning Qarshi shahrida tavallud topgan. Azizbek Xolmurodov «Nasaf» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maydondagi joylashuvi yarim himoyachi. SHuningdek, ikkala qanotda ham birdek harakatlana oladi.
Futbolchi 2023 yilgi Superliga mavsumida «Nasaf» va «Turon» jamoalari safida umumiy hisobda 11 o'yinda maydonda harakat qilib, 1ta golli to'puzatmaga mualliflik qilgan.
Azizbek Xolmurodov shu kunga qadar Qarshining «Nasaf», Toshkentning «Olimpik» va Yaypanning «Turon» jamoalarida to'p tepgan.
Yosh iqtidorli futbolchi bo'lajak mavsumdan etiboran «konchilar» sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
OKMK jamoasining ahil oilasi azosiga aylangan Azizbek Xolmurodovga «konchilar» safidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!
OKMK ahil oilasiga xush kelibsan, Azizbek!", — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar