Rasman: Antonio Konte "Yuventus"dan ketdi
15 iyu 2014 23:56
Yangiliklar
Bu haqida klub rasmiy sayti malum qildi.
"Men klub bilan hayrlashmoqdaman. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Italiya terma jamoasi? Men hozircha yaqindagina qabul qilgan qarorim haqida o'ylamoqdaman. Barcha "byankoneri" muxlislariga katta minnatdorchilik bildiraman. Bir necha yillar davomida ular meni fantastik tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Ularga ming rahmat! Qo'lga kiritgan yutuqlarimiz bu hammamizniki. Bu tarixiy voqea. Ushbu yutuqlarni hech kim bizdan tortib ololmaydi. Men bilan ishlagan barcha futbolchilarga, klub vakillariga va shaxsan Andrea Anelliga minnatdorchilik bildiraman. Hammaga rahmat", - deya o'z so'zlarini yakunlab o'tdi "Yuventus"ning sobiq ustozi Antonio Konte.

Fikrlar