Rasman: "Andijon" yana bir legioner transferini elon qildi
30 jan 11:10
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" yana bir legioner transferini elon qildi
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.
"Andijon" jamoasi yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. CHernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda "burgutlar" sharafini himoya qiladi.
Ushbu himoyachi 1996 yilning 10 aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning "Liepaya" jamoasi hisoblanadi. U erda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Umumiy hisobda shu paytgacha 92 ta o'yinda maydonga tushgan. 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.
SHuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning "Zarisa Kranj" hamda "Maribor" klublarida ham to'p tepgan.
Etiborlisi, u "Maribor" bilan uch marta – 2016/17, 2018/19 va 2021/2022 yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qo'lga kiritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar