Rasman: Alisher Odilov Superligaga qaytdi
07 jan 20:12
Yangiliklar
Rasman: Alisher Odilov Superligaga qaytdi
"Navbahor" qishki transfer "oynasi"dan samarali foydalangan holda, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda. SHunday o'yinchilardan biri, mahoratli hujumchi Alisher Odilov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Mazkur futbolchi 2001 yil, 15 iyulda Andijon shahrida tug'ilgan.
Professional futboldagi faoliyatini 2021 yilda "Olimpik" (Toshkent)da boshlab, toshkentliklar safida 2024 yil avgustgacha to'p tepgan. 2024 yilning avgustida Rossiyaning “Ximki” (Moskva viloyati) jamoasi tarkibiga qo'shilgan.
Alisher Odilov O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda o'ynagan va O'zbekiston olimpiya terma jamoasining zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shgan.
Biz jamoamizning yangi futbolchisiga Navbahor”da omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar