So’nggi yangiliklar

09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  4 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  0 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  0 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  0 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  5 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  1

Raqam sehri? Futbolchilarning noodatiy raqamlari Yangiliklar

Raqam sehri? Futbolchilarning noodatiy raqamlari

Yaqinda Emilyano Viviano “Palermo”dan “Sampdoriya”ga o'tdi, hammasi xuddi odatiy holdek faqat darvozabon tanlagan 2 raqamdan tashqari.
2 raqam darvozabon uchun nimani bildiradi, bu raqamni biz bilmaydigan tomonlari bormi?

Bugun biz dunyo futbolidagi noodatiy raqamlarni tanlagan futbolchilar haqida malumotlarni sizga taqdim etamiz. Darvozabonlardan boshlaymiz.

Rojerio Seni, “San-Paulu”ning sobiq darvozaboni


Afsonaviy bombardir-darvozabon Braziliya klubi tarkibida 1127ta o'yin o'tkazgan, 855ta gol o'tkazib yuborgan, ammo shu bilan birga 120ta gol urgan! 2005 yilda Rojerio Seni maydonda juda g'alati bo'lgan, 618 raqam ostida paydo bo'ldi va shu bilan u o'z jamoasidagi olti yuz o'n sakkizinchi o'yinini nishonladi. Bundan keyin Seni raqamini o'zgartirdi va hozirgi kunga qadar 1 raqamda emas, 01 raqamda o'ynamoqda.



Vitor Bayya, “Portu” sobiq darvozaboni

Portugaliyalik futbolchining tarihi oddiy. Vitor Bayyaga 99 raqam yoqardi va klubdagi butun faoliyatini shu raqam bilan o'tkazgan. U faqat terma jamoada boshqa raqamda tushgan. Vitor terma jamoada odatiy 1 raqam ostida o'ynagan.

Kristian Lupatelli, “Fiorentina” sobiq darvozaboni

“Kevo”ning sobiq futbolchisi o'z klubi darvozasini 10 raqam ostida qo'riqlar edi. Lupatelli “Roma”ga o'tganidan so'ng o'z fantaziyasini yo'qotmagan holda, o'ziga 3 raqamni tanlaydi. Unga etiroz bildirish qiyin, chunki Kristian o'z darvozasini juda yaxshi qo'riqlar edi.  

Luka Buchchi, “Parma” tarbiyalanuvchisi va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi

Buchchi futbolchi bo'lgan paytlarida deyarli barcha futbolchilarni yuziga tupurgan. Hozirda “Parma”ning darvozabonlar murabbiyi futbolchilik davrlarida nafaqat jamoalarni, balki raqamlarini ham ko'p almashtirgan. U avvaliga 10, keyin 7 va nihoyat 5 raqamda o'ynagan.

Emir Spaxich, “Bayera” himoyachisi

Rus muxlislari yaxshi taniydigan Emir Spaxich Rossiyada faqatgina yaxshi o'yini bilangina emas, balki o'z raqamlari bilan ham yodda qolgan. 2005 yilda “Torpedo” safida u 1 raqamni tanlagan. Keyinchalik esa futbolchi bunday tajribalarni amalga oshirmay qo'ydi, hozirda esa Spaxich “Bayer” safida 5 raqamda o'ynaydi.

Simon Vukchevich, “Levadiakos” yarim himoyachisi

Vukchevich o'z vaqtida qoratog'lik eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanar edi, ammo futbolchining o'yini ochilib ketmadi. Simon “Partizan”da o'ynagan paytida 1 raqamni tanlagan. Buning oqibatida Serbiya futboli tarbiyalanuvchisi jamoalarini va raqamlarini bir necha marta almashtiradi. Futbolchi hozir “Levadiakos”da 99 raqamda o'ynaydi.

Edgar Davids, Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi

Kim Edgar Davidsni bilmaydi? Bu golland futbol maydonida juda yorqin o'yin ko'rsatgan, faoliyatini tugatganidan so'ng esa murabbiylik yo'lidan ketdi. “Barnet”ni bosh murabbiyi bo'lgan Davids, futbolga qaytdi va 1 raqamga egalik qilib, o'ynovchi murabbiy maqomiga ega bo'ldi. Avvallari “uchar golland” 38 raqamda o'ynagan.


Xisham Zeruali, SHotlandiyaning “Aberdin” klubida o'ynagan

Marokashlik futbolchi o'z vaqtida “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanishi mumkin edi. “Aberdin” sharafini himoya qilgan Zeruali muxlislarning yoqimtoyiga aylanadi. FIFA faqat 1dan 99 gacha bo'lgan raqamlarda maydonga tushishni ruxsat bergan bo'lsada, Xisham butun mavsum davomida nol raqamida o'ynagan. Buning oqibatida futbolchi “zero” laqabiga ega bo'ladi, “qizil iblislar” muxlislari esa iqtidorli hujumchini o'z jamoasiga qo'shib olishni talab qilishgan. Zeruali 2004 yili avtohalokatda olamdan ko'z yumadi.

Viktor Parales, “Gvadalaxara” futbolchisi

Evropadan farqli o'laroq Meksikada uch xonali raqamlarda o'ynashga ruhsat etilgan. SHu sababli Viktor Perales 143 raqam ostida o'ynagan. Bu 2011/12 yilgi mavsumda bo'lgan. Qiziq, “Gvadalaxar” o'rtoqlik o'yinida “Barselona”ga qarshi o'ynaganida futbolchi raqamini o'zgartirishiga to'g'ri kelgan. Buning oqibatida Viktor 15 raqamda o'ynagan.

Ivan Samorano, chililik hujumchi

CHili futbolchining tirik afsonasi Madridning “Real” klubida 9 raqamda o'ynagan. U Milanning “Inter” klubiga o'tganida ham bu holat o'zgarmagan, ammo kunlardan bir kuni jamoaga Roberto Badjo keladi. Natijada 10 raqamda o'ynagan Ronaldo 9 raqamga egalik qiladi, uning ortidan Badjo “so'yloq”ning raqamida maydonga tushadigan bo'ladi. Bundan so'ng chililik futbolchi huddi o'yinchog'idan ayrilgan bolakayga o'xshab qoldi.Ohir oqibat Ivan 18 raqamni tanlaydi va 1 bilan 8ning orasiga qo'shuv belgisini chizib qo'yadi.


Biksant Lizarazyu, “Bavariya” va Franciya terma jamoasi futbolchisi

O'z raqamining sirini ochgan kamsonli futbolchilardan biri. Ajoyib himoyachi nega 69 raqamda o'ynashini sirini ochdi, bunga sabab u 1969 yilda tug'ilgani ekan. Lizarazyu shu bilan birga bo'yi 169 sm va og'irligi 69 kgligini ham takidladi.

Niklas Bendtner, “Volfsburg” hujumchisi

Daniyalik futbolchi 15 avgust kuni “Volfsburg” bilan shartnoma imzoladi.
Bendtner “to'pchilar” safida 26 raqamini 52ga almashtirgan. Daniya terma jamoasi futbolchisi o'z intervyusida, 52 o'zgacha sonligini va bu raqam unga omad olib kelishini aytgan. Futbolchi hatto muxlislar uning nomi ostida sotib olishgan 26 raqamning xarajatlarini ham qoplashini takidlagan.
Bu harakatlar amalda hech qanday foyda keltirmadi.

Xavi Garsiya, “Zenit” yarim himoyachisi

So'nggi futbolchimiz yaqindagina “oq-ko'klar” safiga kelib qo'shilgan Xavi Garsiya. U “Zenit” bilan 5 yilga muljallangan shartnomaga imzo chekdi. Xavi 21 raqamda o'ynashiga uning do'sti sabab ekan. Ispaniyalik futbolchining do'sti  Ruben de la Red 25 yoshida yuragidagi muammolar sababli futbolni tark etgan va 21 raqamda o'ynagan.


Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика