Rangnik "Bavariya"da ishlashdan bosh tortdi
02 may 2024 16:59
Yangiliklar
Rangnik "Bavariya"da ishlashdan bosh tortdi
Germaniyalik mutaxassis Avstriya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi.
Germaniyalik futbol mutaxassisi Ralf Rangnik Myunxenning "Bavariya" klubini boshqarishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda mahalliy jurnalist Kristian Falk.
"Manchester Yunayted"ning 65 yoshli sobiq murabbiyi Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qoladi. U o'z qarorini quyidagicha izohladi:
"Men butun qalbim bilan Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyiman. Bu "Bavariya"ni rad etish emas, balki mening jamoam va umumiy maqsadlarimiz uchun chiqarilgan qarordir".
Ralf Rangnikning Avstriya futbol federaciyasi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar