Rakitich: "Barselona" futbolchilari "Yuventus"ga raqib bo'lganini bilib quvonishgani yo'q"
04 apr 2017 15:49
Yangiliklar
Rakitich: "Barselona" futbolchilari "Yuventus"ga raqib bo'lganini bilib quvonishgani yo'q"
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichning so'zlariga ko'ra, uning jamoadoshlari CHempionlar ligasi chorak finalida raqib "Yuventus" bo'lishini bilib, quvonishgani yo'q.
"Qura? Biz xursand bo'lmadik. Ikki yil oldin ular bilan o'ynaganmiz va "keksa sinora" qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Mario Manjukich ham qura bunday tushishini istamaganini aytdi.
"Yuventus" - kamchiliklarsiz klub, ularda aniq g'oyalar va ajoyib jamoa bor. Bizni og'ir kurash kutib turibdi. "Yuventus" 5 yil ketma-ket A Seriya g'olibiga aylandi, 2 yil oldin CHempionlar ligasi finalida o'ynadi.
"Yuventus" jahonning eng yaxshi klublaridan biri hisoblanadi, ular g'alaba qozonishga o'rganib qolishgan. "Sevilya" safida "Yuventus"ga qarshi Evropa ligasida o'ynaganmiz" - deydi Rakitich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar