So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  1 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  34 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  18 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

Rahim Karimov "Surxon"ning "personal" hakamimi? Yangiliklar

Rahim Karimov "Surxon"ning "personal" hakamimi?

Superligada hakamlar bilan bog'liq antiqa qarorlar uchrayotgani, ularni uchrashuvlarga tayyorlash bilan bog'liq ajabtovur holatlar ro'y berayotganini ko'rib bormoqdamiz.

Dastlab Firdavs Norsafarov ketma-ket ikkinchi bor avvalgi bahsda xatoga yo'l qo'ygan jamoa o'yiniga tayinlanib futbol jamoatchiligida shubhalarni uyg'otgandi. Endi esa yana bir shunga o'xshash jarayonga etiboringizni qaratishingizni so'rab qolardim. FIFA darajasidagi hakam Rahim Karimov bugun shu yil hisobidan umumiy 4-uchrashuvida ishlaydi.

1-tur. "Metallurg" - "Neftchi" 0:3 (bosh hakam)

1-tur. "Surxon" - OKMK  1:3 (VAR hakami)

2-tur. "Surxon" - "Andijon" 1:0 (bosh hakam)

4-tur. "Surxon" - "Buxoro" (VAR hakami)

Ko'rib turibsizki, 4ta bahsning 3tasi "Surxon" ishtirokidagi o'yinlarga to'g'ri kelmoqda. 3-turda o'yinlarga qo'yilmaganini hisobga olsak, har bir turda Rahim Karimov termizliklar o'yiniga bosh yoki VAR hakami sifatida tayinlanmoqda. 2022 yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, butun mavsum davomida faqatgina "Surxon"ning 2ta o'yinida bosh hakam, 1ta o'yinida VAR hakami sifatida ishlagan. Bu yil 4ta turning 3tasida shu holat qayd etilmoqda. 

22-tur. "So'g'diyona" - "Surxon" 0:1 (bosh hakam)

20-tur. "Qo'qon-1912" - "Surxon" 2:3 (VAR hakam)

16-tur. "Surxon" - "Metallurg" 1:2 (bosh hakam)


Mayli, istashganicha qo'yishsin, bunga qarshiligimiz yo'q. Biroq ketma-ket ekanligi savollarni tug'dirmoqda. Umuman savol hakamlarni o'yinlarga tayinlashda qaysi mezonlarga asoslanadi? 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика